«Bavariya» fransiyalik vinger Maykl Olise bilan amaldagi shartnoma muddatini shu yilning kuzigacha uzaytirish niyatida. Bu haqda L’Équipe nashri iMiaSanMia ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Myunxen klubi 24 yoshli futbolchini o‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yinlari uchun taqdirlamoqchi. Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda 22 ta gol va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, mamlakat kubogi va chempionligini qo‘lga kiritgan jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.
«Bavariya» rahbariyati o‘z yetakchilaridan birini sotish imkoniyatini umuman ko‘rib chiqmayapti va uni uzoq muddatli istiqbolda jamoada saqlab qolishga umid qilmoqda. Manba bergan xabarga ko‘ra, Olisening maoshi ikki baravar oshirilishi mumkin, bu esa uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantiradi.
Olise Myunxenga 2024 yilning yozida «Kristal Pelas»dan ko‘chib o‘tgan edi va tez fursatda Bundesliganing eng yorqin futbolchilaridan biriga aylandi. Futbolchi Jahon chempionatiga a’lo darajadagi sport formasida yetib keldi. Turnir oldidan u Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida terma jamoadagi ilk xet-trigini rasmiylashtirdi.













