Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

La Liga grandi Kukurelya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

La Liga grandi Kukurelya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Baho:
+ | -

“Chelsi” va Ispaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Madridning “Atletiko” klubi qiziqishlar doirasida qolmoqda. “Matraschilar” anchadan beri 27 yoshli futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Mish-mishlarga ko‘ra, “Chelsi” bilan yevrokuboklardan quruq qolgan futbolchining o‘zi ham vataniga qaytashni istamoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, “Atletiko” allaqachon “ko‘klar” bilan futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni rejalashtirib qo‘ygan.

Mark Kukurelyaga “Barselona” tomonidan ham qiziqish mavjud. Yaqinda bergan intervyusida ispaniyalik futbolchi “Atletiko” yoki “Barsa” lageriga o‘tishi mumkinligi haqidagi savoldan qochib, aniq javob bermagan edi. Himoyachining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 06:25, 13.06.2026.
O'qildi: 305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик