Kanadalik yarim himoyachi Ismael Kone o‘z milliy jamoasiga raqib sifatida Italiya terma jamoasi emas, balki Bosniya to‘g‘ri kelganidan xursand ekanligini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, bosniyaliklar mart oyining so‘nggi kunida kechgan dramatik uchrashuvda italiyaliklarni musobaqadan tashqarida qoldirgan edi.
«Bosniyaga bo‘lgan barcha hurmatimni saqlagan holda aytamanki, bizga Italiya raqib bo‘lmaganidan xursand edik. Ochig‘i, italiyaliklar kuchliroq, ular xalqaro maydonda va yirik turnirlarda kattaroq tajribaga ega. Bundan tashqari, Torontoda juda ko‘p italiyaliklar yashaydi. U yerda stadionning yarmi ularga muxlislik qilgan bo‘lardi», — deya Konening so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bosniya va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.













