Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Sancho «Manchester Yunayted»ni tark etganidan keyin qayerda o‘ynamoqchi ekanligini hal qildi

Sancho «Manchester Yunayted»ni tark etganidan keyin qayerda o‘ynamoqchi ekanligini hal qildi

Baho:
+ | -

Vinger Jeydon Sancho tez orada rasman erkin agentga aylanadi. «Manchester Yunayted» 30 iyun kuni shartnomasi yakuniga yetadigan 26 yoshli futbolchining jamoadan ketishini allaqachon e’lon qilgan.

Fanatik nashri ma’lumotlariga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, Turkiyaning «Beshiktosh» klubi ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o‘zi faoliyatini Premyer-liga klublaridan birida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Bundan oldinroq matbuotda Sanchoga «Kristal Pelas» tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Yakunlangan mavsumda Jeydon ijara asosida «Aston Villa» tarkibida to‘p surdi va barcha musobaqalarda jami 39 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:31, 13.06.2026.
O'qildi: 1996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик