Futbol bo‘yicha Jahon chempionati «C» guruhi birinchi turi doirasida Braziliya va Marokash terma jamoalari o‘zaro to‘qnashadi. Ushbu bahs 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.
Tahlilchilar bo‘lajak o‘yinda Braziliya milliy jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyatini 56,9 foiz ehtimol bilan baholashmoqda. Marokash terma jamoasining zafar quchishi esa 17,3 foizni tashkil etmoqda. Uchrashuvda durang qayd etilishi ehtimoli 25,8 foizga teng.
Jamoalar oxirgi marta 2023 yilning 26 martida o‘zaro to‘qnash kelishgan bo‘lib, o‘shanda Marokash terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.













