Kanada terma jamoasi va Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Jonatan Devid Jahon chempionati — 2026 mamlakatda futbolning ommalashishiga yordam berishidan umid qilmoqda.
«Terma jamoamiz har doim kuch va tezlikka tayanadi. Kanada sharafini ko‘plab jismonan baquvvat futbolchilar himoya qilishmoqda. Biz o‘z kuchli tomonlarimizni yaxshi bilamiz. Mundial mamlakatda futbolni butunlay o‘zgartirishini va uni bu yerdagi birinchi raqamli sport turiga aylantirishini xohlardim», — deya forvardning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Alfredo Pedulla keltiradi.
O‘z uyida o‘tayotgan Jahon chempionatining ilk uchrashuvida Kanada terma jamoasi Bosniya va Gersegovina jamoasi bilan to‘qnash keldi. Unda jamoalar 1:1 hisobida jangovar durang qayd etishdi.













