«Liverpul» klubi «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli hujumchi «Liverpul»ning yozgi transfer oynasidagi bosh maqsadi bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, «PSJ» va «Manchester Siti» klublari ham vaziyatni kuzatishda davom etishmoqda, ammo hozircha hech bir klub «RB Leypsig» bilan kelishuvga erisha olgani yo‘q. Germaniya klubi esa Diomandeni o‘z safida saqlab qolmoqchi va u bilan shartnomani uzaytirishga urinmoqda.
Yakunlangan mavsumda Diomande barcha musobaqalarda jami 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining transfer qiymatini 90 million yevroga baholashmoqda.













