Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo jamoaning JCH-2026 dagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Guruh bosqichida jamoa Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
«Bizda dunyodagi eng yaxshi futbolchilar va barcha davrlarning eng kuchli murabbiylaridan biri bor. Muxlislar ham muvaffaqiyatga ishonishlari kerak. Bu yo‘l oson bo‘lmaydi, lekin imkonsiz ham emas.
Biz buni besh marta uddalaganmiz. Va yana uddalay olamiz. O‘sha beshta holatning birortasida ham braziliyaliklar bunga haqiqatdan ishonishmagan edi. Ular g‘alabani nishonlash orqali keyinroq hammasini oqlashni afzal ko‘rishadi.
Karlo Anchelotti Neymarni tarkibga kiritib, juda to‘g‘ri qaror qabul qildi. U hal qiluvchi pallada o‘z hissasini qo‘sha oladi. Unda biz usiz yashay olmaydigan iqtidor va daholik bor. U maydonga bor-yo‘g‘i 20 daqiqaga tushsa ham, o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubora oladi», — dedi Ronaldo.













