Amerikalik hujumchi Kristian Pulishich klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin — uning «Roma»ga o‘tish varianti paydo bo‘ldi.
Pulishich uch yildan beri «Milan» safida to‘p surmoqda, biroq so‘nggi paytlarda uning maydondagi ishlari unchalik yaxshi ketmayapti — u klubdagi oxirgi golini o‘tgan yili urgan edi. Endilikda nufuzli jurnalist Alfredo Pedulla Pulishich Rimning «Roma» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining agenti ushbu masala bo‘yicha vaziyatni o‘rganish maqsadida Rim klubi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra, «Roma» so‘nggi turda «Milan»ni Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan edi.













