«Nyukasl» «Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford nomzodiga yana qaytdi. NewcastleWorld nashrining xabar berishicha, klub futbolchining vakillari bilan allaqachon bog‘langan va shu yozda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transfer imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Manbaga ko‘ra, «qarg‘alar» 23 yoshli golkiperni 2024 va 2025 yillarda ham sotib olishga harakat qilishgan. Ikkala holatda ham Trafford «Nyukasl» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi, biroq «Manchester Siti» qayta sotib olish huquqidan (opsiyasidan) foydalanib, o‘z tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytargan.
Inlizlik posbon «shaharliklar»ning asosiy darvozaboniga aylanishi kutilgandi, ammo Janluidji Donnarumma «PSJ»dan ko‘chib o‘tganidan keyin uning maydondagi vaqti sezilarli darajada kamaydi. Trafford 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Hozirda Angliya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etayotgan futbolchi kelajagi borasidagi qarorni turnir yakuniga qadar qabul qilmoqchi emasligi ma’lum. Transfermarkt portali uning transfer bahosini 25 million yevroga baholamoqda.













