Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionati doirasidagi Marokashga qarshi o‘yin oldidan zamonaviy futboldagi tendensiyalar haqidagi savollarga javob berdi.
«To‘pga egalik qilish — o‘yinning muhim tarkibiy qismi, ammo eng asosiysi emas. Agar statistika haqida gapiradigan bo‘lsak, urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bizning g‘oyamiz shundan iboratki, to‘p bizda bo‘lganda o‘yin tizginini nazorat qilish va to‘psiz qolgan vaqtimizda ham o‘zimizni qulay his etishdir.
To‘psiz qolganda jamoa tartibli va zich harakat qilishi kerak, chunki istalgan raqib — jumladan, Marokash ham — yuqori saviyaga ega va agar sen o‘yinning barcha jabhalariga tayyor bo‘lmasang, ular muammo tug‘dirishga qodir».













