«Milan» mavsumning so‘nggi o‘yinida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Klub xo‘jayinlari bunga keskin munosabat bildirishdi — Massimiliano Allegri va bir nechta direktorlar iste’foga chiqarildi.
The Athletic nashri sahifalarida «Milan»ning yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari haqida maqola chop etildi. Manbaga ko‘ra, «rossoneri»lar uchun bosh murabbiylikka asosiy nomzod Ruben Amorim bo‘lib turibdi. Portugaliyalik mutaxassis A Seriya grandi bilan allaqachon muzokaralar o‘tkazgan va bu haqda avvalroq ham xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, «Milan» aslida Andoni Iraolani tayinlamoqchi bo‘lgan, biroq ispaniyalik mutaxassis «Bornmut»dagi muvaffaqiyatli davrdan so‘ng «Liverpul» boshqaruvini qo‘lga oldi.
«Milan» A Seriyada beshinchi o‘rinni egalladi va Yevropa ligasi yo‘llanmasi bilan kifoyalandi.













