Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopesning 2026 yilgi Jahon chempionati qaydnomasidan o‘rin olmaganiga to‘xtalib o‘tdi. 23 yoshli xavbek ayni paytda oyoq kaft suyagi sinishidan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
«Bu futbolchi fantastik, favqulodda sport formasida edi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda yuqori edi... Bu uning Jahon chempionati bo‘lishi mumkin edi, ammo u safdan chiqdi. Aynan shunday yo‘qotishlar odamga alam qiladi», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan mundialda ispaniyaliklar yurishini Kabo-Verdega qarshi o‘yin bilan boshlashadi. Ushbu uchrashuv 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Ispaniya terma jamoasi Saudiya Arabistoni va Urugvayga qarshi maydonga tushadi.













