Qatar terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinida Shveysariya bilan durang o‘ynadi (1:1).
Opta tahliliy portalining xabar berishicha, Qatar jahon chempionatlaridagi 218 daqiqalik golsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Bu jamoaning 2022 yil noyabr oyidan beri qayd etgan eng uzun golsiz seriyasi bo‘lib, o‘shanda qatarliklar 186 daqiqa davomida (2022 yilning 20 noyabridan 25 noyabrigacha) raqiblar darvozasini ishg‘ol eta olishmagan edi.
Shveysariya darvozasiga golni 90+5-daqiqada himoyachi Bualem Xuxi kiritdi.
Shu bilan birga, Qatar futbol bo‘yicha jahon chempionatlaridagi oxirgi to‘rtta o‘yinidan beri birorta ham g‘alaba qozona olmadi.
O‘z uyida o‘tgan JCH-2022 musobaqasida Qatar Ekvador (0:2), Senegal (1:3) va Niderlandiyaga (0:2) imkoniyatni boy bergan edi.
19 iyun kuni Qatar Kanada bilan, 24 iyunda esa Bosniya bilan kuch sinashadi.













