Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Kimmix: «Biz Germaniyani yanada faxrlanishga majbur qilmoqchimiz»

Kimmix: «Biz Germaniyani yanada faxrlanishga majbur qilmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yozua Kimmix 2026 yilgi jahon chempionatidagi Kyurasao terma jamoasiga qarshi ilk o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz Germaniyani yanada faxrlanishga majbur qilmoqchimiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Biz bu yerda butun mamlakatimiz nomidan ishtirok etayotganimizni bilamiz. Germaniya safida yirik turnirda qatnashish — bu mutlaqo o‘zgacha tuyg‘u. Bizda Germaniyada hayajon va quvonch uyg‘otish imkoniyati bor. Sardor sifatida mening rolim biroz o‘zgacharoq ahamiyat kasb etdi. Jamoamizda ijobiy energiyani his qilyapman. Agar bor kuchimizni ishga solib, qalb, qat’iyat va ishtiyoq bilan o‘ynasak, bu energiyani butun mamlakatga yetkaza olamiz va 2006 yilgi jahon chempionatidagi kabi ruhiy ko‘tarilishni hosil qilishimiz mumkin. O‘sha mundialni bolalikda o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Albatta, maydonda qiyinchiliklarga duch keladigan damlar ham bo‘ladi, ammo ortimizda butun mamlakat turganini bilish bizga katta kuch beradi», — deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Bild nashri.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi oxirgi marta 2014 yilda jahon chempioni bo‘lgan edi. 

Kiritildi: 15:14, 14.06.2026.
O'qildi: 248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик