Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) somalilik hakam Omar Artanga 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgani uchun to‘liq gonorar to‘lab beradi.
Hakam AQSHga kira olmadi va musobaqani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. BBC Sport ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli referi Mayami xalqaro aeroportida immigrasiya xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. 11 soatlik so‘roqdan so‘ng, uning diplomatik pasporti va bir martalik Amerika vizasi haqiqiy emas deb topilib, mamlakatga kirishga ruxsat berilmagan. AQSH rasmiysining ta’kidlashicha, bu qaror Artanning terrorchilik tashkilotlariga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar bilan bog‘liqligi haqidagi taxminlar bilan bog‘liq. Hakamning o‘zi bu ayblovlarni rad etdi.
FIFA Artanning turnirda ishtirok etmaganiga qaramay, jahon chempionati hakamlari uchun mo‘ljallangan gonorarni to‘liq to‘lashga qaror qildi.
Shuningdek, eslatib o‘tish joizki, somalilik hakam 12 avgust kuni Avstriyaning Zalsburg shahrida bo‘lib o‘tadigan «Pari Sen-Jermen» va «Aston Villa» o‘rtasidagi UYEFA Superkubogi bahsini boshqarishga taklif qilingan edi.
Hakam faoliyatini yuqori darajada davom ettirmoqchi va allaqachon 2030 yilgi jahon chempionatiga borish istagini bildirgan.













