Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Pato: «Anchelotti – bu shunchaki murabbiy emas»

Pato: «Anchelotti – bu shunchaki murabbiy emas»

Baho:
+ | -

Taniqli braziliyalik sobiq futbolchi Aleshandre Pato «Milan»da Karlo Anchelotti qo‘l ostida o‘ynagan davrlarini yodga oldi. 2025 yilning yozida italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqargan edi, o‘z vaqtida Pato ham ushbu terma jamoa sharafini himoya qilgan.

«Har safar Anchelotti haqida gapirganimda meni his-tuyg‘ular qamrab oladi, chunki u men uchun hamisha shunchaki murabbiy bo‘lib qolmagan – u xuddi otamdek. Uning barcha o‘gitlarini eslayman. Karlo menga hurmat kabi juda muhim qadriyatni singdirgan», – dedi «rossoneri»ning 36 yoshli sobiq hujumchisi Sky Sport bilan suhbatda.

Anchelotti boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining birinchi turi doirasida Marokash bilan durang o‘ynadi (1:1).

Kiritildi: 16:15, 14.06.2026.
O'qildi: 830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик