Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiral Jahon chempionati guruh bosqichining ilk uchrashuvida Avstraliyadan qabul qilib olingan mag‘lubiyat (0:2) haqida fikr bildirdi.
«Bugun biz umuman kutmagan natijani qayd etdik. Juda xafamiz, hech kim bunday yakunni kutmagandi. Biz kurashdik, hammada g‘alaba qozonish ishtiyoqi bor edi, lekin ba’zida futbolda hamma narsa siz rejalashtirgandek bo‘lavermaydi.
Oldinda yana ikkita o‘yinimiz bor, ularni eng yaxshi tarzda o‘tkazib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz. Bu – Jahon chempionati, ko‘pchiligimiz uchun bu birinchi shunday tajriba. Bu yerda oson emas. Lekin bahonalarga o‘rin bo‘lishi mumkin emas – biz maydonga tushib, g‘alaba qozonishimiz kerak edi.
Hammaning hafsalasi pir bo‘lgan. Hozirgina kiyinish xonasida gaplashib oldik. Keyingi o‘yingacha hali vaqt bor, tayyorgarlik ko‘ramiz va qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Turk xalqi bizdan natija kutmoqda va jamoadagi har bir inson buni tushunib turibdi. Yurtimizda yaxshi davrlar ham, yomon davrlar ham ko‘pincha juda his-tuyg‘ular bilan qabul qilinadi. Ammo har bir narsada muvozanat bo‘lishi kerak», – dedi Demiral.













