Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Nagelsmann: «Klopp va Myuller xohlagan gapini aytishi mumkin»

Nagelsmann: «Klopp va Myuller xohlagan gapini aytishi mumkin»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Yurgen Klopp va Tomas Myuller tomonidan futbol bo‘yicha JCH-2026 uchun nemis jamoasining asosiy tarkibi borasida berilgan tavsiyalarga munosabat bildirdi.

Avvalroq Klopp va Myuller Jamal Musialani boshlang‘ich tarkibdan chiqarib, uning o‘rniga Deniz Undavni tushirishni taklif qilishgan edi.

«Hozir bu haqda gapiradigan qulay vaqt emas deb o‘ylayman. Har kim o‘z fikriga ega bo‘lish huquqiga ega. Bu borada mening ham o‘z fikrim bor, lekin uni sizlarga aytmoqchi emasman.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, bizda ekspertlar ko‘p. Yurgen va Tomas futbolda katta muvaffaqiyatlarga erishishgan, ular xohlagan gapini aytish huquqiga egalar.

Men bor e’tiborimni o‘z jamoamga, o‘z ishimga qaratganman, keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilaman. Va undan keyingisida ham», – dedi Nagelsmann.

Bugun Germaniya terma jamoasi turnirdagi ilk o‘yinini Kyurasaoga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:49, 14.06.2026.
O'qildi: 1256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик