Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Kanselu: «Onamning vafoti hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi»

Kanselu: «Onamning vafoti hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi»

Baho:
+ | -

Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu oilaviy fojiasi haqida gapirib berdi – u atigi o‘n sakkiz yoshda bo‘lganida, onasi avtohalokatda halok bo‘lgan edi. U ushbu voqea hayotini juda qattiq o‘zgartirib yuborganini yashirib o‘tirmadi.

«Bu hayotimni, ayniqsa, biz uni qutqarishga harakat qilgan lahzalarimizni juda qattiq o‘zgartirib yubordi. Men uning dod-voylarini eshitardim, ammo mashinani ag‘darib tashlash oson emas edi. O‘shanda sakkiz yoshda bo‘lgan kichik ukam bo‘layotgan voqealardan shok holatiga tushib qolgandi», – deya portugaliyalik himoyachining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Futbolchining onasi Filomena 2013 yilning yanvar oyida halok bo‘lgan edi. Hozirda Kanselu Kataloniyaning «Barselona» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 16:57, 14.06.2026.
O'qildi: 1632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик