«Milan» klubi Massimiliano Allegriga tegishli bo‘lgan gonorarni to‘lab, mutaxassis bilan yaxshilikcha xayrlashishi uchun yana uch kun vaqt qoldi, deb xabar bermoqda pianetamilan.it.
So‘nggi muddat — 16 iyun bo‘lib, shu sanada klub kelgusi mavsum uchun A Seriyadagi ishtirokini rasman tasdiqlashi kerak. Agar vaziyat o‘zaro kelishuv asosida hal etilmasa, u sudlashish darajasiga o‘tadi, bu esa bahs muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda «Milan» uchun boshqa qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Massimiliano Allegri roppa-rosa bir yil oldin klubni boshqargan edi, biroq chempionat yakunini muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi va buning uchun darhol lavozimidan mahrum bo‘ldi.













