Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Bavariya» Olise bilan shartnomani maoshini ikki baravar oshirgan holda 2031 yilgacha uzaytirishga tayyor

«Bavariya» Olise bilan shartnomani maoshini ikki baravar oshirgan holda 2031 yilgacha uzaytirishga tayyor

Baho:
+ | -

«Bavariya» vinger Maykl Olisening kelajagi atrofidagi mish-mishlarga chek qo‘ymoqchi, shu sababli uning shartnomasini maoshini deyarli ikki baravar oshirgan holda 2031 yilgacha uzaytirish niyatida. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi Bayern & Germany akkaunti L'Équipe nashriga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning vaziyatga yaqin insonlarga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, agar yangi mehnat bitimi imzolansa, 24 yoshli futbolchi klubning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilaridan biriga aylanadi. Olisening amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

OAV xabarlariga ko‘ra, ayni paytda fransiyalik futbolchi yiliga 16-17 million yevro maosh olmoqda. Ortda qolgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:24, 14.06.2026.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик