Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kamada: «Yaponiyaning hisobni tenglashtirib, Niderlandiya bilan durangga erishgani jamoaning xarakterini ko‘rsatadi»

Kamada: «Yaponiyaning hisobni tenglashtirib, Niderlandiya bilan durangga erishgani jamoaning xarakterini ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Daiti Kamada Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Niderlandiyaga qarshi uchrashuvdagi durang (2:2) haqida fikr bildirdi.

«Biz o‘yindan oldin hech bo‘lmaganda bir ochko olishimiz kerakligi haqida gaplashgandik. Bahs og‘ir kechdi, ammo biz tayyorgarlik ko‘rgan rejalarimizni maydonda ko‘rsata oldik va yakunda durangga erishganimiz yaxshi bo‘ldi. Niderlandiyadek kuchli jamoaga qarshi o‘yinda 0:1 hisobida ortda qolayotganingizda, hisob osongina 0:2 yoki 0:3 ga aylanib ketishi mumkin. Bizning iroda ko‘rsatib, hisobni tenglashtirganimiz va durangga erishganimiz ushbu jamoaning xarakterini yaqqol namoyish etadi.

O‘tgan Jahon chempionatidagi ikkinchi o‘yinda Kosta-Rikaga qarshi omadsizlikka uchragan edik, shu sababli bu safar uch ochkoni qo‘lga kiritib, guruhdan chiqishni muddatidan oldin ta’minlamoqchimiz», — deya Kamadaning so‘zlarini keltiradi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati.

21 iyun kuni Yaponiya terma jamoasi Tunisga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:24, 15.06.2026.
O'qildi: 309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик