Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Xavers Kyurasao ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida: «Bu bizga ishonch bag‘ishlashi kerak»

Xavers Kyurasao ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida: «Bu bizga ishonch bag‘ishlashi kerak»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Xavers Kyurasao terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba 2026 yilgi Jahon chempionatidagi keyingi o‘yinlar oldidan jamoasiga ishonch bag‘ishlaydi, deb hisoblaydi.

14 iyun kuni nemislar raqiblarini 7:1 hisobida mag‘lub etishdi. 27 yoshli Xavers uchrashuvda dubl qayd etdi (gollardan birini penaltidan kiritdi) va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Agar o‘yinning katta qismida qanday harakat qilganimizga e’tibor qaratsak, natijadan qoniqish hosil qilsak bo‘ladi. Bu bizga bo‘lajak vazifalar oldidan ishonch bag‘ishlashi kerak. Jahon chempionatidagi ilk o‘yin doim qiyin kechadi... biz buni avval ham ko‘rganmiz. Shu sababli 7:1 hisobidagi g‘alabadan juda xursandmiz. Bu yaxshi start bo‘ldi. Endi biz kuchimizni yaxshi tiklab olishimiz va bor e’tiborimizni keyingi uchrashuvga qaratishimiz lozim», — deya Xaversning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

Germaniya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi doirasida Kot-d'Ivuar (20 iyun) va Ekvador (25 iyun) terma jamoalariga qarshi ham maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:52, 15.06.2026.
O'qildi: 198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик