FIFA 2026 yilgi jahon chempionatining F guruhi 1-turidan o‘rin olgan Shvesiya — Tunis bahsining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida shvesiyalik hujumchi Aleksander Isak e’tirof etildi. Forvard mazkur bahsda bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yana ikki golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Meksikaning Guadalaxara shahridagi «BBVA» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs shvedlarning 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi.
Jahon chempionati–2026. F guruhi, 1-tur
15 iyun, 2026 yil. Guadalaxara (Meksika). «BBVA» stadioni
Shvesiya – Tunis – 5:1
Gollar: Ayari, 7 (1:0), Isak, 30 (2:0), Rekik, 43 (2:1), Dyokeresh, 59 (3:1), Svanberg, 84 (4:1), Ayari, 90+6 (5:1).
Natijada Shvesiya 3 ochko jamg‘arib, F guruhida yakka peshqadamga aylandi. Niderlandiya va Yaponiya o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlangani sababli, ushbu jamoalar bir ochkodan to‘plab, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Tunis esa hisobida ochko bo‘lmagan holda guruhning so‘nggi pog‘onasidan joy olgan.













