Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Bavariya» Olise bo‘yicha bir qarorga keldi

«Bavariya» Olise bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyati fransiyalik hujumkor yarim himoyachi Maykl Olise bilan hamkorlikni uzaytirish ustida ish boshladi. Bu haqda iMiaSanMia X (sobiq Twitter) sahifasi xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya superklubi 24 yoshli futbolchi bilan 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv muddati 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

Bundan avvalroq matbuotda Olisega Madridning «Real» va Fransiyaning «PSJ» klublari tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Maykl Olise Bundesliganing yakunlangan mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:25, 15.06.2026.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик