Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Real» Bernardu Silva uchun pul to‘laydi: futbolchi va agent yirik summani bo‘lishib olishadi

«Real» Bernardu Silva uchun pul to‘laydi: futbolchi va agent yirik summani bo‘lishib olishadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi sobiq sardori Bernardu Silva yangi mavsumdan boshlab Madridning «Real» klubi sharafini himoya qiladi.

Portugaliyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safiga erkin agent maqomida borib qo‘shiladi, biroq bu transfer madridliklar uchun mutlaqo bepul tushmaydi. El Confidencial nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» futbolchi va uning agenti Jorje Mendeshga 10 million yevro miqdorida shartnoma imzolagani uchun bonus to‘laydi. Shuningdek, yarim himoyachining «qirollik klubi»dagi yillik maoshi ham taxminan 10 million yevroni tashkil qiladi.

Bernardu Silva iyul oyida rasman Joze Mourinyo qo‘l ostidagi jamoa a’zosiga aylanadi. Bungacha futbolchi to‘qqiz yil davomida «Manchester Siti»da to‘p surgan va 2025/26 yilgi mavsum yakunida muddati tugagan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan edi.

Kiritildi: 12:35, 15.06.2026.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик