Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Liverpul» Gakpo uchun narx belgiladi

«Liverpul» Gakpo uchun narx belgiladi

Baho:
+ | -

Jurnalist Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, «Liverpul» klubi o‘z vingeri Kodi Gakponi 70 million funt sterlingga baholamoqda.

Yakunlangan mavsumda futbolchi raqiblar darvozasiga 9 ta gol urishga va 6 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda tarqalgan mish-mishlar Gakponi «Tottenxem» klubi bilan bog‘lamoqda edi. Shuningdek, niderlandiyalik futbolchining yozgi transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirayotgani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Biroq, jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, «Liverpul» rahbariyati Gakpoga klubdan ketishni taklif qilmagan. Agar futbolchining transferi baribir amalga oshadigan bo‘lsa, inglizlar o‘z o‘yinchisi uchun 70 million funt sterling ishlab olishga harakat qilishadi. Ayni damda Gakpo Niderlandiya terma jamoasi safida JCH-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 13:06, 15.06.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик