Fransiyalik mutaxassis Pyer Saj «Kristal Pelas» bilan yakuniy kelishuvga erishdi va dushanba kuni London klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Shartnoma 3 yilga mo‘ljallanadi. Muzokaralar bir necha kun davom etdi, 47 yoshli murabbiyga boshqa klublar, jumladan, Saudiya Arabistoni grandlaridan biri ham qiziqish bildirgan edi, biroq Saj Angliyaga ko‘chib o‘tish variantini tanladi.
Murabbiy yakunlangan mavsumni «Lans» boshqaruvida o‘tkazdi va u bilan Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, mamlakat Kubogida g‘olib chiqdi.
Sajning Angliyadagi maoshi Fransiyada olgan maoshidan deyarli to‘rt barobar ko‘p bo‘ladi. Nashrning xabariga ko‘ra, «Lans»da uning maoshi soliqlar chegirilgunga qadar oyiga taxminan 100 ming yevroni tashkil qilgan.
Murabbiyning o‘tishi «Lans» klubiga moliyaviy tovon puli ham keltiradi. Fransiya klubi darhol 3 million yevro oladi va yana 2 million yevrogacha bonuslar ko‘rinishida taqdim etiladi. Ushbu bonuslardan biri «Kristal Pelas» Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolgan taqdirda avtomatik ravishda faollashadi.













