Manbaning yozishicha, «Bolonya» klubining kolumbiyalik himoyachisi Jon Lukumi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Lukumi uchun kurashda kataloniyaliklarga «Bornmut» va «Yuventus» klublari raqobat tug‘dirishga tayyor. Transfermarkt himoyachining transfer qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.
Yakunlangan mavsumda Jon Lukumi «Bolonya» safida 43 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda futbolchi «gol + pas» tizimi bo‘yicha o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













