Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Van Bronkxorst «Feyenoord»ga qaytmoqda

Van Bronkxorst «Feyenoord»ga qaytmoqda

Baho:
+ | -

Jovanni van Bronkxorst «Feyenoord» klubiga qaytishga yaqin turibdi. De Telegraaf nashrining xabar berishicha, 51 yoshli mutaxassis barcha rasmiylashtiruv ishlari yakunlanganidan so‘ng, Rotterdam klubi bilan ikki mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Van Bronkxorst uchun bu ushbu jamoa boshqaruvidagi ikkinchi davr bo‘ladi. Bundan avval u «Feyenoord»ni 2015 yildan 2019 yilgacha mashq qildirgan va 2016/17 yilgi mavsumda klubni chempionlikka boshlab kelgan edi. Shuningdek, uning qo‘l ostida jamoa ikki bor Niderlandiya kubogini va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Qo‘shimcha qilish joizki, van Bronkxorst faoliyati davomida «Guanchjou Siti», Shotlandiyaning «Reyndjers» va Turkiyaning «Beshiktash» klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Kiritildi: 16:51, 15.06.2026.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик