Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Nunyes "Liverpul"ga qaytishi mumkin

Nunyes "Liverpul"ga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Urugvaylik markaziy hujumchi Darvin Nunyes Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Carve Deportiva jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, hujumchi amaldagi shartnomasini bekor qilishi va erkin agent sifatida 2022 yildan 2025 yilgacha to‘p surgan jamoasi — "Liverpul"ga qaytishi mumkin. U o‘z vaqtida ingliz grandidan Saudiya Arabistoniga 53 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Yakunlangan mavsumda Darvin "Al-Hilol" tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Nunyes ushbu o‘yinlarda 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Liverpul" 60 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 10:46, 16.06.2026.
O'qildi: 1712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик