Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Real» Sebalyosni «Betis»ga sotishi mumkin

«Real» Sebalyosni «Betis»ga sotishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi 29 yoshli yarim himoyachisi Dani Sebalyos jamoani tark etmoqchi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Sebalyosning xizmatlariga Ispaniyaning «Betis» klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, «Real»ning o‘zi ham ispaniyalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor va kelgusi transferlarni moliyalashtirish uchun ushbu kelishuvga tezroq nuqta qo‘ymoqchi.

Yakunlangan mavsumda Sebalyos barcha turnirlarda jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Yarim himoyachining «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:23, 16.06.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик