Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Jazoir murabbiyi: «Biz bu yerga shunchaki tomoshabin bo‘lish uchun emas, raqobatlashish uchun kelganmiz»

Jazoir murabbiyi: «Biz bu yerga shunchaki tomoshabin bo‘lish uchun emas, raqobatlashish uchun kelganmiz»

Baho:
+ | -

Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Petkovich Jahon chempionati-2026 doirasidagi Argentinaga qarshi start o‘yini haqida fikr bildirdi. U raqibning salohiyatini yuqori baholadi, biroq Jazoir tengma-teng kurashish niyatida ekanini ta’kidladi.

«Biz Argentinani juda hurmat qilamiz. Ular asosiy favoritlardan biri va amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Ammo biz bu yerga shunchaki tomoshabin rolini o‘ynash uchun emas, balki raqobatbardosh bo‘lish uchun kelganmiz. Futbolchilar tayyor», — deya Petkovichning so‘zlarini keltiradi La Nacion nashri.

«Jazoir yaxshi taassurot qoldiradi deb umid qilaman. Jazoir xalqida ulkan energiya bor. Biz Argentina terma jamoasiga katta hurmat bilan yondashamiz, lekin maydonga orzu va ishtiyoq bilan tushamiz. Himoyada juda yaxshi ishlashimiz kerak bo‘ladi», — deya ta’kidladi u.

Kiritildi: 16:30, 16.06.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик