Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Barselona» sobiq futbolchisining agentlari bilan uchrashdi

«Barselona» sobiq futbolchisining agentlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

«Malyorka» klubining qanot hujumchisi Xan Virxili «Barselona»ga qaytishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, «Barselona» o‘z sobiq futbolchisining vakillari bilan uchrashib, «Malyorka» La Ligadan tushib ketganidan so‘ng uning kelajagi qanday bo‘lishini muhokama qilgan. «Ko‘k-anorranglilar» hanuzgacha Virxili huquqlarining 40 foiziga egalik qilmoqda va qolgan qismini 7,2 million yevro evaziga sotib olishlari mumkin. 19 yoshli vingerning o‘zi ham Ispaniya chempionatida qolishni istamoqda.

Yakunlangan mavsumda Virxili barcha turnirlarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh ispaniyalik futbolchining bozor bahosi 15 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:32, 16.06.2026.
O'qildi: 2060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик