Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Livramento jarohat tufayli jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Livramento jarohat tufayli jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi himoyachisi Tino Livramento son orqa mushagi jarohati sababli 2026 yilgi jahon chempionatida maydonga tushmaslik ehtimoli juda yuqori. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jarohat inglizlarning Xorvatiya terma jamoasiga qarshi start o‘yinidan oldin olingan. Angliya Futbol assosiasiyasi tomonidan hozircha rasmiy tasdiqlov berilgani yo‘q. Futbolchi butun turnirni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Inglizlar bosh murabbiyi Tomas Tuxel allaqachon uning o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Favqulodda chaqiruv olishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Trevo Chaloba qayd etilgan.

Turnir reglamentiga ko‘ra, murabbiylar shtabi jamoaning musobaqadagi ilk o‘yini boshlanishiga bir necha soat qolguniga qadar qaydnomaga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

Kiritildi: 16:53, 16.06.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик