Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Rustam Ashurmatov: "Jamoadoshlarimda mashg‘ulotlardan keyin qattiq charchoq va ko‘ngil aynishi kuzatildi"

Rustam Ashurmatov: "Jamoadoshlarimda mashg‘ulotlardan keyin qattiq charchoq va ko‘ngil aynishi kuzatildi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov intervyu berib, bir oydan oshiq davom etgan yig‘indagi jismoniy yuklamalar haqida gapirdi.

"Bu darajadagi yuklamalar bosqichma-bosqich oshib bordi. Toshkentda yig‘ilganimiz bizga juda katta foyda bo‘ldi. Eronda o‘ynayotgan futbolchilarimiz uchun ham yaxshi yig‘in bo‘ldi, chunki 2-3 oy katta maydonga chiqa olmadik. O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarda ham yig‘in boshida holat ancha yomon edi. Mashg‘ulotlar davomida ba’zi futbolchilarning aytishicha, bu ularning faoliyatidagi eng qiyin yig‘in bo‘ldi. Men ham ularning fikrlariga qisman qo‘shilaman.

Jamoadoshlarimda mashg‘ulotlardan keyin qattiq charchoq va ko‘ngil aynishi kuzatildi. Bu ommaga chiqmagan bo‘lishi mumkin, lekin hozirgi holatga kelishimizga bu yig‘in katta yordam berdi. Hozirda ancha yaxshi jismoniy holatdamiz", dedi Rustam.

O‘zbekiston Jahon chempionatini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 7:00'da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:22, 16.06.2026.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик