Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Tom Xolland: «Yamal – O‘rgimchak-odam roli uchun ideal nomzod»

Tom Xolland: «Yamal – O‘rgimchak-odam roli uchun ideal nomzod»

Baho:
+ | -

Britanlik aktyor Tom Xolland Madridga Marvelning O‘rgimchak-odam haqidagi yangi filmi targ‘iboti uchun tashrif buyurdi va «Barselona» vingeri Lamin Yamalni «superqahramon roli uchun ideal nomzod» deb atadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokini kuzatish uchun tashkil etilgan Ispaniya fan-zonasidagi intervyu chog‘ida Xollandga mashhur superqahramon rolini qaysi futbolchi o‘ynashi mumkinligi haqida savol berildi. Uning javobi «Lamin Yamal» bo‘ldi. Aktyor ushbu yosh iste’dod egasi «o‘zining tezligi, mahorati va maydonda chaqqon harakat qila olishi tufayli O‘rgimchak-odam roliga eng munosib nomzod» ekanini ta’kidladi.

Suhbat davomida Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares ham tilga olindi. Argentinalik futbolchi «Barselona» sport rahbariyatining hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Alvares gol urganidan keyin ba’zida O‘rgimchak-odamning ishorasini taqlid qilishi bilan tanilgan. Aktyor argentinalik forvardni o‘zining fentezi-ligasidagi jamoasiga qo‘shib olganini va uni ham «superqahramon libosini kiyish uchun ajoyib nomzod» deb hisoblashini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 18:05, 16.06.2026.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик