Kabo-Verde milliy terma jamoasi darvozaboni Vozinyaning onasi Ispaniya milliy terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati — 2026 o‘yinini tomosha qila olmadi. Sabab — AQSH vizasini ololmagani.
Bu haqda AQSH vakillar palatasi a’zosi Hakim Jeffris X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Jeffrisning so‘zlariga ko‘ra, Vozinya ushbu uchrashuvda tarixiy o‘yin ko‘rsatgan, biroq uning onasi viza sababli stadionga kira olmagan.
«Hech bir ona o‘z farzandi tarix yaratayotganini ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lmasligi kerak», — deb yozdi kongressmen.
U shuningdek, AQSH davlat kotibi Marko Rubioga murojaat qilib, Kabo-Verde terma jamoasining 22 iyun kuni Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi navbatdagi o‘yiniga darvozabonning onasi tashrif buyurishi uchun yordam berishni so‘radi.













