Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Kanselu transferini kechiktiradi

«Barselona» Kanselu transferini kechiktiradi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» himoyachisi Joau Kanseluning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuv vaqtinchalik muzlatib qo‘yiladi. Bu haqda jurnalist Gabriel Sans xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchining xaridi iyul oyiga qadar qoldirilishi mumkin. Agar manbaga ishonadigan bo‘lsak, «Barselona» «Al-Hilol» bilan muzokaralarda hali juda ko‘plab masalalarni hal qilishi kerak.

«Ko‘k-anorranglilar» Kanseluni o‘tgan qishda Saudiya klubidan ijaraga olishgan edi. Kataloniyaliklar tarkibida u barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq «Barselona» Kanseluni o‘z safida saqlab qolmoqchi ekanligi, biroq buni faqat minimal moliyaviy yo‘qotishlar evaziga amalga oshirishni istayotgani haqida xabar berilgan edi. «Al-Hilol» esa o‘z futbolchisi uchun 10 million yevro talab qilmoqda.

Kiritildi: 12:35, 17.06.2026.
O'qildi: 1923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик