Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

“O‘zbekiston juda tartibli va qanday o‘ynashni aniq biladi” — Kolumbiya terma jamoasi ustozi

“O‘zbekiston juda tartibli va qanday o‘ynashni aniq biladi” — Kolumbiya terma jamoasi ustozi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati “K” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Kolumbiya – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan Janubiy Amerika qit’asi vakillari bosh murabbiyi Nestor Lorenso raqibni mensimaslik qimmatga tushishi haqida ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, mundialning ilk haftasi musobaqada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘qligini ko‘rsatib berdi.

2022-yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan kolumbiyaliklar bu safargi musobaqaga favoritlardan biri sifatida yetib kelgan. Biroq Lorenso mundialda debyut qilayotgan O‘zbekiston milliy jamoasiga past baho berish katta xato bo‘lishini aytdi.

“Jahon chempionati bizga shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yerda kichik jamoalar yo‘q va hech kimni mensimaslik kerak emas. O‘zbekiston kuchli jamoalarga qarshi juda yaxshi natijalar qayd etgan. Ularning ajoyib murabbiyi bor, tarkibida esa yuqori saviyadagi to‘rt-besh nafar futbolchi mavjud. Eng muhimi, bu jamoa juda tartibli va qanday o‘ynashni aniq biladi”, dedi Lorenso o‘yindan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi hamda Kolumbiya o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 18 iyun kuni tongi 7:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:24, 17.06.2026.
O'qildi: 1013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик