«Aston Villa» klubi jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojersni Londonning «Chelsi» klubiga sotishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqda jurnalist Jon Xerriott xabar tarqatdi.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, birmingemliklar Angliya terma jamoasining 23 yoshli yulduzini «ko‘klar» lageriga qo‘yib yuborish orqali Benua Badyashil va Nikolas Jekson transferini o‘zlari uchun osonlashtirib olmoqchi.
O‘z navbatida, «Chelsi» Rojers uchun 116 million yevro to‘lashga tayyor, biroq futbolchining o‘zi faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishni maqsad qilgan. Rojers faqatgina «kanonirlar» bilan kelishuv amalga oshmay qolgan taqdirdagina «Chelsi» variantini ko‘rib chiqadi.
Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda «Aston Villa» yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













