«Malyorka» klubining qanot hujumchisi Xan Virxili yana «Barselona»ga qaytishi mumkin.
Jurnalist Nil Solaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» Virxili transferi ustida faol ish olib bormoqda. Kataloniyaliklar vingerni sotib olishni va keyin uni «Betis» klubiga ijaraga berishni rejalashtirishyapti. Hozircha tomonlar yakuniy kelishuvga erishishmagan, biroq muzokaralar ancha ilgarilab ketgan.
Bundan oldinroq, «Barselona» rahbariyati Virxilining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Virxili barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh futbolchining transfer bozoridagi joriy bahosi 15 million yevroni tashkil etadi.













