«Liverpul» klubi «RB Leypsig»ning 19 yoshli vingeri Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini davom ettirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, mersisaydliklar Diomande transferi bo‘yicha muzokaralar jarayonini tezlashtirishgan. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola yosh iqtidor egasining o‘yiniga qoyil qolgan va uni o‘z loyihasi uchun ideal futbolchi deb hisoblamoqda. Kot-d'Ivuarlik vingerga «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda, biroq «Liverpul» bu poygada raqibini ortda qoldirishga qat’iy qaror qilgan.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya klubi Diomandening sotuvidan taxminan 130 million yevro ishlab olmoqchi.
Yakunlangan klub mavsumida vinger barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 marta sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.













