Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Alisher Nikimbayev O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini haqida: «Kamida durang o‘ynashimiz shart»

Alisher Nikimbayev O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini haqida: «Kamida durang o‘ynashimiz shart»

Baho:
+1 | -

18 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati 1-turi doirasida O‘zbekiston va Kolumbiya milliy terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Taniqli futbol funksioneri Alisher Nikimbayev milliy terma jamoaning dunyo birinchiligidagi debyut o‘yinidan kutilayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qiyin bo‘lishini tushunib turibmiz, chunki Kolumbiya terma jamoasi ancha tajribali, qolaversa, ularning futbolchilari Yevropa klublarida, xalqaro maydonda katta o‘yin amaliyotiga ega. Yaxshi natijadan umidvorman, kamida durang o‘ynashimiz shart», — deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Metaratings.ru.

Fabio Kannavaro shogirdlari kolumbiyaliklarga qarshi bahsni Meksikadagi muhtasham «Asteka» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlashadi.

Eslatib o‘tamiz, «K» guruhida ushbu jamoalardan tashqari Portugaliya va Kongo DR terma jamoalari ham joy olgan.

Kiritildi: 01:02, 18.06.2026.
O'qildi: 1449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик