Xorvatiya terma jamoasi vingeri Ivan Perishich 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida Angliyaga qarshi kechgan bahsda (2:4) Petar Musaning goliga assistentlik qildi va mundiallar tarixidan o‘rin oldi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi ketma-ket to‘rtinchi jahon chempionatida (2014, 2018, 2022 va 2026) golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Perishich jahon chempionatlarining to‘rtta yoki undan ortiq turnirida assist qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijaga faqat Argentina terma jamoasi afsonasi Lionel Messi erishgan bo‘lib, uning hisobida beshta mundial bor.
Qayd etilishicha, mazkur statistika 1966 yildan buyon yuritib kelinmoqda.













