Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 03:00 Iroq 1-4 Norvegiya
17/06 06:00 Argentina 3-0 Jazoir
17/06 09:00 Avstriya 3-1 Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya 1-1 Kongo DR
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-2 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada - Qatar
19/06 05:00 Meksika - Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya

Desham: «Rua o‘z kasalligiga qarshi hurmatga loyiq bo‘lgan qat’iyat bilan kurashdi»

Desham: «Rua o‘z kasalligiga qarshi hurmatga loyiq bo‘lgan qat’iyat bilan kurashdi»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «Brest» klubi bosh murabbiyi Erik Ruaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Erik Ruaning fojiali vafoti fransuz futbolini yuqori malakali murabbiy va haqiqiy samimiy, jozibali shaxsdan judo qildi. Uning «Brest» bilan erishgan yutuqlari, ayniqsa, jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqqani u futbolni va o‘z o‘yinchilarini qanchalik chuqur tushunganini ko‘rsatib turardi.

Bundan ikki yil avval UNFP marosimida unga «Liga 1 ning eng yaxshi murabbiyi» sovrinini katta mamnuniyat bilan topshirgan edim. Erik bir nechta klublarda turli lavozimlarda, shuningdek, OAV sohasida faoliyat yuritdi va uning professionalligi doimo hayratga sabab bo‘lardi. U o‘z kasalligiga qarshi hurmatga loyiq bo‘lgan qat’iyat bilan kurashdi.

Shaxsan men Erikni maydondan tashqarida ham yaxshi tanirdim va qadrlardim. Uni hamisha insoniylik fazilatlari yuqori bo‘lgan shaxs sifatida yodda saqlayman. Uning rafiqasi, farzandlari va uni yaxshi ko‘rgan barcha yaqinlariga o‘zimning chuqur va qayg‘uli ta’ziyamni izhor etaman», — deya Deshamning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda L'Equipe.

Chorshanba kuni, 17 iyun kuni 2023 yilning yanvaridan buyon «Brest» klubini boshqarib kelgan fransiyalik mutaxassisning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 10:03, 18.06.2026.
O'qildi: 321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик