Gana milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Afrikaliklar Panama terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonishdi (1:0).
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) xabariga ko‘ra, Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush futbol tarixida ketma-ket beshta Jahon chempionatida ishlagan ikkinchi mutaxassis bo‘ldi. U JCH-2010 da Portugaliya terma jamoasi bilan ishtirok etgan bo‘lsa, Eron terma jamoasi bilan 2014, 2018 va 2022 yilgi mundiallarga borgan.
Keyrush ayni paytda 73 yoshda. U faoliyati davomida BAA, Kolumbiya, Misr, Qatar va Ummon milliy terma jamoalarida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.













