Urugvay milliy terma jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisi Ronald Arauxo boldir mushagining mikro-yirtilishi sababli 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tusha olmasligi mumkin, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
27 yoshli futbolchi 4 iyun kuni, Meksikaga uchib ketishdan biroz oldin jarohat olgan edi. Urugvay terma jamoasi shifokorlari Arauxo 16 iyundagi Saudiya Arabistoniga qarshi bahsni (1:1) va 22 iyundagi Kabo-Verde bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi, ammo 27 iyun kuni Ispaniyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuvgacha tiklanishga ulguradi, deb taxmin qilishgandi.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining to‘liq sog‘ayib ketishi uchun kutilganidan ko‘proq vaqt talab etiladi. U faqat keyingi oyning boshidagina maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. Bu esa Arauxo JCH-2026 da faqat Urugvay terma jamoasi turnirning 1/16 finaliga (pley-off bosqichiga) yo‘l olsagina o‘ynay olishini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.













