Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Kukurelya «Real»ga transfer qilinishidan oldin Mourinyo bilan nimalarni gaplashganini ma’lum qildi

Kukurelya «Real»ga transfer qilinishidan oldin Mourinyo bilan nimalarni gaplashganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yangi a’zosi Mark Kukurelya «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan suhbat haqida gapirib berdi.

«Mourinyo menga men bilan birga ishlash imkoniyatini juda intiqlik bilan kutayotganini, jamoaga ajoyib tarzda kirishib keta olishimni va "Real" buyuk jamoa ekanligini aytdi. Mourinyoning menga bildirgan bunday ishonchidan juda xursandman. Uning qo‘l ostida ish boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman», — deya Kukurelyaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda EL MUNDO nashri.

«Real» matbuot xizmati 15 iyun kuni Kukurelyaning «Chelsi»dan transfer qilinganini e’lon qilgan edi. 27 yoshli ispaniyalik himoyachi klub bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Ispaniya chempionatining yangi mavsumi avgust oyida start oladi. Ortda qolgan mavsumda «qirollik klubi» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etgan edi.

Kiritildi: 12:44, 18.06.2026.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик